
Azmun "Borussiya D"da Obameyyangning o‘rnini egallashi mumkin
"Rostov" klubi forvardi Sardor Azmunga bir qator innliz jamoalari jiddiy qiziqish bildirishayotgan edi. E’tiborlisi, eronlik hujumchi uchun "Borussiya D" ham kurashga qo‘shildi.
TASS nashrining xabari berishicha, dordmuntliklar 21 yoshli futbolchini jamoaning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyyangning davomchisi sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra ayni damda Azmunga premer liganing 8ta klubi va Lisabonning "Benfika"si jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar