
Azmun joriy mavsumning o‘zidayoq "Bayer"ga o‘tishi mumkin. Faqat...
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi rahbariyati eronlik hujumchi Sardor Azmunni joriy qishki transferlar davridayoq "Bayer"ga sotib yuborishga tayyor. Bu haqda "Chempionat" xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Rossiya chempioni buning uchun “dorishunoslar”dan 5 million evro so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, Azmunning “Zenit” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. U kecha "Bayer" bilan mavsum yakunlangach 2027 yilgacha shartnoma imzolash bo‘yicha rasmiy kelishuvga erishdi.
Sardor Azmun joriy mavsum "Zenit" safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar