BAA liga kubogi. Aziz G‘anievdan yana bir shedevr, ammo uning goli jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi (video)

BAA liga kubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Shabab Al Ahli" - "Al Vasl" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahs mezbonlarning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. 

Legionerimiz Aziz G‘aniev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va gol urishni ham uddaladi. 53-daqiqada G‘aniev jamoadoshi Kartabyaning uzatmasidan so‘ng super zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifi bo‘ldi. 

Shu tariqa, dubayliklar mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa bilan xayrlashdi.

video_2023-10-20_20-09-04

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!