Babayan bizni uyaltirib qo‘ymaydi...

  • 02.07.2020 00:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

O‘zbek murabbiylari orasida ilk bor Xitoy chempionatida ish boshlagan Samvel Babayanning u erdagi faoliyati qanday kechishi barchani qiziqtirayotgan bo‘lsa ajab emas. Ammo hozircha pandemiya tufayli u erda chempionatga hali start berilgani yo‘q.

Shunga qaramay, Babayan boshqaruvidagi “Changchun Yatay” tayyorgarlikni davom ettirmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Vadim Abramov esa uning Xitoydagi faoliyati borasida o‘z qarashlarini bildirdi.

- Albatta, yurtimizdagi murabbiyning ishlash uchun xorijga yo‘l olishi har qanday kishini quvontirmasdan qolmaydi. Men ham o‘zbekistonlik ishqibozlar singari unga Xitoydagi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilab qolaman xolos.

Axir u bizning vatandoshimiz. Axir vatandoshlarning qaysi sohada bo‘lmasin, xorijda ish yuritishi shu erda qolganlarni quvontiradi xolos. Agar Babayan Xitoyda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatsa, xorijliklarning o‘zbek murabbiylariga bo‘lgan qarashlari tubdan o‘zgarishi tayin. Mabodo, buning aksi bo‘lsa, umumiy holat salbiyligicha qolaveradi.

O‘zbekistonlik har bir ishqiboz kabi men ham buni umuman istamagan bo‘lardim. Chunki o‘z vaqtida Samvel Babayan milliy terma jamoamizni boshqargan. Umid qilamanki, Babayan bizni uyaltirib qo‘ymaydi, - dedi Abramov.

Tez orada Vadim Karlenovich bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
03/07/2020 09:51
Ким хато қилмайди? Майли, сани кечиришимиз мумкин, Бабаян.