Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Bahram Murtazaliev raqibini shunchaki "eb qo‘ydi"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Tszyu tomon oq sochiq tashlashga majbur bo‘ldi.

AQSh ning Orlando shahrida bo‘lib o‘tgan katta boks oqshomi yakunlandi. Uning asosiy to‘qnashuvida rossiyalik Baxram Murtazaliev va avstraliyalik Tim Tszyu birinchi o‘rta vazndagi IBF kamari uchun kurash olib bordi. 

Bahs asosan, Murtazalievning ustunligida o‘tdi. Rossiyalik bokschi raqibini 2-raundda uch marotaba nokdaun holatiga tushirdi. 3-raundga kelib esa Tszyu tomon oq sochiq tashlashga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Baxram texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Tim Tszyu 2024 yil mart oyida Sebastyan Fundoraga yutqazib, WBO kamarini ham boy berib qo‘ygandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q