Bahrayn-2025. Erkin kurashchilarimiz yana 2 ta oltin medalni delegatsiyamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Erkin kurash bahslarida oltin medallarga sazovor bo‘ldik. -51 kg vazn toifasida kurashgan Ulug‘bek Rashidov (-51 kg) eronlik raqibidan ustun kelib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Yana bir hamyurtimiz Muxlisa Masharipova (-40 kg) finalda yaponiyalik raqibini mag‘lub etib, chempionga aylandi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!