Balotelli okeanortiga ketishi mumkin

Hujumchi Mario Balotelli katta ehtimol bilan faoliyatini Braziliya chempionatida davom ettiradi.

30 yoshli forvardga "Vasko da Gama" klubi qiziqish bildirmoqda va 2021 yilning dekabriga qadar amal qiluvchi bitim taklif qildi.

Tomonlar muzokara olib borishda davom etmoqda. Agar italiyalik futbolchi shartnomani qabul qilsa, 1 yillik faoliyati uchun 2,5 mln evro ishlab oladi.

Balotelli erkin agent hisoblanadi va u so‘nggi bor, mart oyida maydonga tushgandi.

"Super Mario"ning oxirgi jamoasi "Breshiya" klubi bo‘ldi. Uning shartnomasi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani va klub B Seriyaga ravona bo‘lgani uchun bekor qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!