“Barsa” 11 ta o‘yinda 9 ta gol urgan yangi yulduzni oladi

  • 07.11.2025 06:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” sport bo‘limi mutasaddilari 37 yoshli Robert Levandovskiga o‘rinbosar qidirish bilan band. Polshalik hujumchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va katta ehtimol bilan klub unga yangi bitim taklif qilmaydi.

Mundo Deportivo nashri kataloniyalik skautlarning nazari Frantsiya chempionatida “Strasburg” safida sermahsul o‘yin ko‘rsatayotgan Xoakin Panichelliga tushgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Frantsiya chempionatining dastlabki o‘nta uchrashuvida to‘qqizta gol urgan 23 yoshli argentinalik hujumchining o‘yini “Barselona” vakillarida juda katta taassurot qoldirgan.

Xoakin Panichelli Argentinaning “Rasing”, “Belgrano”, “Atalaya” va “River Pleyt” akademiyalarida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. 2023 yili Evropaga ko‘chib kelib, Ispaniyaning “Alaves” va “Mirandes” klublarida o‘ynadi.

“Strasburg” o‘tgan yoz iste’dodli futbolchini 16,5 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Frantsiya chempionatiga kelishi bilan to‘purarlik mahoratini namoyish qilishga kirishib ketgan hujumchi klub bilan 2030 yilning yozigacha shartnoma tuzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!