“Barsa” 7 yillik shartnomaga ega yulduzni kelgan joyiga qaytarib yuboradi

  • 25 dekabr, 2024, 18:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” 2024 yilning boshida Braziliyadan Vitor Rokeni transfer qilgan. Bu o‘yinchi uchun kataloniyaliklar “Atletiko Paranaense” jamoasiga 30 million evro to‘lagan va  Roke bilan 2031 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan edi.  

Tecno

Yosh iste’dod egasi Kataloniyaga kelishi bilan asosiy tarkibga kirishda muammoga duch keldi. Yozda klub uni “Betis”ga ijaraga berib yubordi.

19 yoshli futbolchining sevilyaliklar tarkibidagi sermahsulligi ham kutilgan darajada emas. Barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi oltita gol va bitta assist qayd etdi.

Kataloniyaliklar Vitor Rokeni Braziliyaga qaytarib yuborish borasida bosh qotiryapti. Ushbu mamlakatning etakchi jamoalaridan biri “Palmeyras” Vitor Roke uchun 20 million evro to‘lashga tayyor.

“Barselona” o‘yinchini qo‘yib yuborishni muammo qilmaydi. Lekin “Betis”da Vitor Rokeni birinchi bo‘lib transfer qilish huquqi bor. Aynan mana shu omil “Palmeyras” rejasini amalga oshirishga xalaqit qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!