“Barsa” afsonasi Yamalni himoya qildi

  • 5 noyabr, 15:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning sobiq sardori Andres Inesta hozirgi jamoa yulduzi Lamin Yamalni himoya qilib, murabbiylar shtabini unga nisbatan toqatli bo‘lishga chaqirdi.

Tecno

- Bu hayotiy jarayon. Yamal hali 18 yosh, u o‘rganishi, malakasini oshirishi lozim, xato qilishiga ham qo‘yib berish kerak. Mana shunda u o‘sishga erishadi.

Odam hammaning diqqat markazida bo‘lsa, har qanday maydo narsa ham nazardan chetda qolmaydi va keskin tanqidlarga nishon bo‘ladi.

Men esa, har hafta Lamin Yamalning o‘yinlarini kuzatishga imkoniyat topish ajoyib voqelik, deb bilaman, - dedi Andres Inesta Marca nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsum Yamal barcha turnirlarda to‘qqiz marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va beshta samarali uzatma yozdirib qo‘yda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!