“Barsa”: Endi bizga hech kim kerak emas!
“Barselona” sport direktori Deku klub rahbariyati qishki transfer oynasi davrida jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berib o‘tdi.
- Biz yozgi transferlar vaqtida nimani xohlagan bo‘lsak va qo‘limizdan kelgan ishlarni amalga oshirib bo‘ldik. Ko‘p o‘yinchilarga safga qaytish va tarkibga kirish uchun vaqt kerak. Qishki transferlar vaqtida hech qanday transferlarni amalga oshirmaymiz, - dedi Deku.
O‘tgan mavsum Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan kataloniyaliklar yozda ham ko‘p xaridlarga qo‘l urgani yo‘q. Klub darvozabon Joan Garsiya va hujumchi Runi Bardji transferini sotib oldi. “Manchester Yunayted”dan Markus Reshfordni ijaraga oldi.
Bundan tashqari, “Barselona” yozda o‘n nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Ketgan o‘yinchilardan teng yarmi boshqa klublarga ijaraga berilgan.
Fikrlar