Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" Evropada gol urgan oʻyinchilar soni boʻyicha yetakchiga aylandi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Flik ancha zo‘r ishlayapti

Ispaniya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvda «Barselona» «Betis» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kataloniya klubi raqib darvozasini besh bor ishg‘ol etdi, javobga esa ikki gol qabul qildi — 5:2. Bu bahsda Rodri, Erik Garsiya va Dani Olmo jamoa tarkibidagi o‘zining shu mavsumdagi ilk gollarini urdi.

Shu tariqa, Xansi Flik qo‘l ostidagi jamoa joriy mavsumda gol urgan futbolchilar soni bo‘yicha Evropaning yetakchi ligalarida mutlaq rekord o‘rnatdi. «Barselona» tarkibida endilikda 13 nafar futbolchi hisobida gol mavjud. Beshta kuchli liga orasida hozircha biror jamoa bu ko‘rsatkichga yetgani yo‘q.

«Barsa»ga eng yaqin ko‘rsatkichni aynan «Betis» qayd etgan — andalusiyaliklarning 10 nafar futbolchisi raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Xo‘sh, boshqa ligalarda vaziyat qanday? Angliya premer-ligasida «Brayton», Italiya A Seriyasida esa «Inter» shunchaki ko‘rsatkichga ega — har ikki klubda ham 10 nafar gol muallifi bor.

«Barselona» chempionat doirasidagi navbatdagi o‘yinni esa Madriddning «Real» klubiga qarshi o‘tkazadi. Kataloniya va Madrid grandi o‘rtasidagi bu to‘qnashuv navbatdagi «el-klasiko» sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q