"Barsa"ga jo'natib yuboramiz! "Liverpul" Arauxodan voz kechadi

  • 16.10.2026 15:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpul» safida ijara asosida to‘p surib kelayotgan Urugvay terma jamoasi himoyachisi Ronald Arauho ning «Barselona»dan to‘liq sotib olinishi ehtimoli juda past ekani ma’lum qilinmoqda.

«Liverpul» faoliyatini yaqindan yoritib boradigan jurnalist Devid Linchning ta’kidlashicha, mavsum yakunida klub Arauho ning transfer huquqini sotib olish rejasini ko‘rib chiqmayapti. U Anfield Index kanalidagi suhbatida «Barselona» belgilagan 55 million yevro miqdoridagi transfer narxi «Liverpul» uchun juda yuqori ekanini aytdi.

Linchning so‘zlariga ko‘ra, mersisayd klubi odatda bunday katta mablag‘larni yoshi kattaroq futbolchilarga sarflamaydi. Shu boisdan, ma’lum qilinishicha, «qizillar» Arauho ga o‘rnini bosadigan yangi himoyachi izlashni boshlab yuborgan.

Joriy mavsumda Ronald Arauho barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi, bir bor gol urdi va bir marta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!