"Barsа" gol urish bo‘yicha 85 yildagi eng yangi natijani qayd etdi
Kataloniyaliklar tinimsiz gol uryapti
Kataloniyaning mashhur klubi «Barselona» Ispaniya chempionati navbatdagi turida «Xetafe» darvozasini uch marta ishgʻol etdi. Raqib javob goli ura olmadi. Shu tariqa, katalonlar sakkiz turda jami 34 ta gol urishga erishdi.
Bu koʻrsatkich Ispaniya chempionati uchun soʻnggi sakson besh yilda qayd etilgan eng yaxshi natija hisoblanadi. Oxirgi marta bunday yuksak samaradorlikni «Sevilya» 1940/1941 yildgi mavsumda namoyish etgan edi, oʻshanda andalusiyaliklar 41 ta gol urgan. Shuningdek, 1930/1931 yildgi mavsumda Bilboadan «Atletik» ham 34 ta golga erishgan.
Endi «Barselona»ni navbatdagi turda Sevilyada jiddiy sinov kutmoqda. Katalon grandi bu safar «Betis» mehmoni boʻladi. Hozircha «Betis» turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egalab turibdi va yetti marta gol oʻtkazib yuborgan. Qiziqi shundaki, shu paytgacha «Barselona» ham raqiblariga aynan yetti marta gol urish imkonini bergan, yaʼni ikki jamoaning oʻtkazib yuborilgan golnari soni bir xil.

Izohlar (0)