"Barsа" jahon chempioni "Real"ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas
Kataloniyaliklar kurashga qo‘shildi
Ispaniya matbuotiga ko‘ra, «Real Madrid» «Real Sosyedad» tarbiyalanuvchisi, hozirgi kunda yarim himoya chizig‘ida o‘ynaydigan Martin Subimendini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Biroq madridliklar uchun jiddiy raqib paydo bo‘ldi. Fichajes nashrining yozishicha, «Barselona» ham Subimendi transferi uchun kurashga kirishmoqchi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar ispaniyalik yarim himoyachi uchun «Real Madrid» bilan ochiq raqobatga tayyor.
Martin Subimendi La Liga muxlislariga «Real Sosyedad» tarkibidagi o‘yinlari orqali yaxshi tanish. U o‘sha jamoa sharafini himoya qilgan, keyinchalik esa 2025 yil yozida Angliyaga yo‘l olib, «Arsenal» klubiga o‘tgan.

Izohlar (0)