“Barsa” Levandovski masalasiga nuqta qo‘ydi

  • 13.04.2026 06:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati klub bilan amaldagi shartnomasi tugab borayotgan polshalik to‘purar Robert Levandovski kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Jurnalist Ro‘jer Torelloning xabar berishicha, polshalik forvard klub mutasaddilaridan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklif oldi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchiga maoshini sezilarli darajada kamaytirish sharti bilan yangi shartnoma bergan.

Biroq Levandovski oldida mo‘may daromad topishning boshqa variantlari bor. Xususan, tajribali o‘yinchiga “Milan”, “Chikago Fayr” va arab klublaridan chorlovlar bo‘lyapti.

Levandovski aprel oyi oxirigacha o‘z kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishi talab etiladi. Avvalroq, futbolchi Kataloniyada qolishga moyil ekani ma’lum qilingan edi.

Joriy mavsumda 37 yoshli hujumchi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va uchta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!