“Barsa” Levandovski raqamidan pul qilmoqchi

  • 18 iyul, 2022, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoaga yangi qo‘shilgan Robert Levandovski 9-raqamni olishini istayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu raqam orqali Levandovskining futbolkilari ko‘proq sotiladi va klub byudjetiga katta summa tushadi.

Kataloniya klubi yozgi transferlar vaqtida jamoaga olib kelingan ivuarlik Frank Kessi, daniyalik Andreas Kristensen va braziliyalik Rafinya Diasga qaysi raqamlar berilganini sir tutmoqda.

Jamoada to‘qqizinchi raqamga Memfis Depay egalik qiladi. Shunga qaramay, klub mutasaddilari bu raqamni polshalik to‘purarga tortiq qilmoqchi.

Kataloniyaliklar mashhur raqamlar taniqli futbolchilarga berilishi tijoriy nuqtai nazardan to‘g‘ri qaror, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!