"Barsa" Levandovskiga ideal o‘rinbosar topdi
Hujumchi Robert Levandovski kelasi yozda Ispaniyaning "Barselona" jamoasini tark etishi mumkin. Shu munosabat bilan, The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar polshalik futbolchining o‘rnini to‘ldirish uchun "Bavariya" forvardi Xarri Keynni ustuvor nomzod sifatida belgilab olishgan.
"Ko‘k-anorranglilar" ingliz futbolchisini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ideal variant sifatida ko‘rmoqda. Manbaning yozishicha, "Barselona" Keynning 65 mln evrolik shartnomasida sotib olish opsiyasini kelasi yozda faollashtirishga tayyor.
2025/2026 yilgi mavsumda 32 yoshli Keyn yuqori samaradorlik ko‘rsatyapti. O‘tkazilgan 17 ta o‘yinda forvard 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliyalik hujumchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar