"Barsa" muxlislari "Real" bilan o‘yin oldidan Vinisiusni haqorat qilishdi

  • 26 aprel, 19:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya kubogi finalida Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" Xans-Diter Flikning "Barselona"si bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuvdan oldin kataloniyaliklar muxlislari ko‘chalarda "qirollik klubi" vingeri hisoblangan Vinisius Juniorni haqorat qilishmoqda.

"Barselona" muxlislari ko‘chalarda: "Vinisius, o‘l", "Plyaj to‘pi" deb baqirishdi va "Real" vingeriga nisbatan haqoratli shiorlar aytdi.

"Plyaj to‘pi" degan chaqiriq o‘tgan yili Vinisius "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni olgani va u Gaviga aytgan so‘zlariga ishora qiladi.

Klasiko paytida, tanlovdan bir necha kun oldin, braziliyalik futbolchi yaqin orada sharafli mukofotni qo‘lga kiritishini aytgan edi, ammo ovoz berishda uni "Manchester Siti" futbolchisi Rodri ortda qoldirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!