Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa"ning 19 yoshli futbolchisi "Real" afsonasining rekordini yo‘qqa chiqardi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Himoyachilar ham gol uryapti

«Barselona» tarkibida to‘p surayotgan himoyachi Xavi Espart Yevropa maydonlarida yangi rekord o‘rnatdi. U «Real» sobiq futbolchisi Serxio Ramos ko‘rsatkichini yangiladi.

19 yosh 152 kunlik Espart Chempionlar Ligasida gol urgan eng yosh ispaniyalik himoyachi sifatida tarixga kirdi. U umumiy bosqichning uchinchi turida PSJga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga gol urdi. 

Parijda o‘tgan uchrashuvda Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi bo‘lgan mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchdi. 

Bunga qadar Chempionlar Ligasida 20 yoshdan kichik bo‘lgan ispaniyalik himoychilar orasida faqat Serxio Ramos gol urgan edi. U 2005 yilda, 19 yosh 251 kunlik paytida, «Real» safida «Olimpiakos» darvozasini ishg‘ol etgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q