"Barsa": Shu himoyachini qancha bo'lsa ham olamiz!
Flik oʻziga kerak himoyachini kutyapti
«Barselona» 2027 yilda yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Kataloniya klubi rejalari haqida El Nacional nashri yozdi. Manbaga ko‘ra, jamoa transfer ro‘yxatiga yana bir bor «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonini qaytargan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bastonining o‘zi ham jamoani o‘zgartirish va «Kamp Nou»da to‘p surish g‘oyasiga yomon qaramayapti. Biroq bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi: «Barselona» uchun uning narxi taxminan 80 million yevro atrofida baholanmoqda.
Shuningdek, yaqinda Alessandro Bastoni Italiya terma jamoasi safida o‘zini ko‘rsatdi. U Liga millatlari doirasida Fransiyaga qarshi safar o‘yinida gol urdi. Bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Bastonining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Shu bois, uni qo‘lga kiritish uchun xaridor klub katta miqdorda mablag‘ taklif etishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar (0)