“Barsa” tarixidagi eng qudratli tarkib tuzildi
Bunaqasi bo‘lmagan hali...
“Barselona” tashkil topganining 125 yilligi munosabati bilan AQShning ESPN sport portali Kataloniya klubi tarixida o‘ynagan eng zo‘r futbolchilardan iborat ramziy jamoa tarkibini tuzib chiqdi.
U quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabon: Viktor Valdes.
Himoyachilar: Dani Alves, Ronald Kuman, Karles Puyol.
Yarim himoyachilar: Xavi Ernandes, Andres Inesta, Luis Suares Miramontes, Yoxan Kruiff.
Hujumchilar: Lionel Messi, Ladislao Kubala, Ronaldino.
“Barselona” o‘z tarixi davomida 27 marotaba Ispaniya chempioni, 31 marotaba mamlakat kubogi sohibi, 14 karra Superkubog g‘olibi bo‘lgan.
Shuningdek, 5 marotabadan Evropa Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi g‘olibi, uch karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Izohlar (0)