Qarzga botgan “Barsa” yozgi transferlarga 700 million evro ajratdi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida yangi futbolchilarni olish uchun 700 million evro xarajat qiladi, deb xabar tarqatdi ESPN nashri.
Kataloniya klubi bu summani La Ligadan teletranslyatsiyalar huquqi uchun olinadigan mablag‘dan qoplashni mo‘ljallagan. Ularning rejasiga translyatsiya huquqining25 foizini sotish, klubga 500 million evro olib keladi.
Qolgan 200 million evroni klub mutaxassislari litsenziyalash va merchendayzing sohadagi ulushlarning 49,9 foizini sotish orqali qoplamoqchi.
Bu rejani amalga oshirish uchun klub a’zolari rozilik berishi kerak. Shu bois rahbariyat 16 iyun kuni navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazib, ovoz berish jarayoni tashkil qilinadi.
Fikrlar