“Barsa” transfer uchun ayyorlik qilyapti
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” mutasaddilari “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan Markus Reşfordni arzonroq narxda sotib olish uchun “ayyor reja” o‘ylab topdi.
Bu haqida TEAMtalk va Daily Mail nashrlari xabar berdi.
Kataloniyaliklar “Manchester Yunayted”ni bir mavsum jamoada ijarada o‘ynagan angliyalik hujumchini qo‘yib yuborishga majbur qilmoqchi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar transfer bo‘yicha muzokaralarni butun yozgi transfer oynasi davomida cho‘zishni rejalashtirmoqda.
Klub manchesterliklar narxni tushirishga majbur bo‘lishiga umid qilmoqda.
“Barselona” 28 yoshli vingerni sotib olish bo‘yicha muzokaralarga transfer oynasi yakunida qaytishni rejalashtirgan.
Bu vaqtda kelib La Liga klubning moliyaviy cheklovlari to‘liq bekor qilinganini ma’lum qilishi kutilmoqda.
“Barselona” Reşford transferi uchun “Manchester Yunayted”ga taxminan 15 million yevro taklif qilmoqchi. Biroq ingliz klubi futbolchi uchun 30 million yevro talab qilayapti.

Fikrlar