"Barsa" va "Real" juda tez yuguradigan himoyachini talashyapti
Myunxenning «Bavariya» klubi himoyachisi Alfonso Devis atrofida transfer bo‘yicha jiddiy qiziqish kuchaymoqda. Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kanadalik futbolchi xizmatlariga «Barselona» va Madriddning «Real» klubi da’vogarlik qilmoqda.
Xabarlarga qaraganda, «Bavariya» rahbariyati 25 yoshli flang himoyachisini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Agar myunxenliklar shunday qarorga kelsa, Ispaniyaning ikki grandi futbolchini qo‘lga kiritish uchun ochiq kurashga kirishishi mumkin.
Alfonso Devis 2019 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, kanadalik himoyachining transfer qiymati 45 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar