“Barsa” va “Yuve” yana bir super rokirovkaga tayyorlanmoqda

  • 25 sentabr, 2020, 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar mavsumida “Barselona” va “Yuventus” o‘zaro futbolchi almashgan edi. Kataloniyaliklar safida o‘ynagan braziliyalik yarim himoyachi Artur Ramos Turinga ko‘chib o‘tgan, “Yuve”ning bosniyalik pleymeykeri Miralem Pyanich esa o‘zi orzu qilganidek Messining jamoadoshiga aylangan edi.

Tecno

Endi turinliklar La Liga grandiga ikkinchi rokirovkani taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, “Barselona”ning frantsiyalik hujumkor futbolchisi Usmon Dembele Turinga kelishi lozim. “Yuventus” bu o‘yinchi uchun Duglas Kostani beradi va kamiga qo‘shimcha mablag‘ ham to‘laydi.

Har ikki jamoada bu futbolchilar bo‘yicha boshqa klublardan ham takliflar bor. Xususan, “Manchester Yunayted” Duglas Kostaga ham, Usmon Dembelega ham ko‘z tikmoqda. Frantsiyalik futbolchi “Liverpul”ni ham qiziqtirib qo‘yganini ta’kidlash joiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!