“Barsa” xo‘jayini “Siti” yulduziga shart qo‘ydi
“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.
Xabar qilinishicha, 31 yoshli yarim himoyachi mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikni istamayapti va “Manchester Siti”ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Shu bois unga Evropaning bir nechta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Xususan, Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” ham portugalik yarim himoyachini transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritdi.
Fichajes nashrining yozishicha, Bernardu Silvaning “Barselona”ga transferi ikki shartga bog‘liq bo‘ladi.
Birinchi shart moliyaviy tomonga tegishli: futbolchi maosh bo‘yicha talablarini klub imkoniyatlariga mos ravishda kamaytirishi kerak.
Ikkinchi shart esa, uning jamoadagi roliga bog‘liq: “Barselona” Bernardu Silvani asosiy tarkibning mutlaq o‘yinchisi sifatida emas, balki rotatsiyadagi muhim figura sifatida ko‘rmoqda.
Shu tariqa, vaziyatning keyingi rivoji futbolchining o‘zi qaysi ustuvorliklarni tanlashiga bog‘liq bo‘ladi.
Fikrlar