“Barsa”: Xolandni olishga kuchimiz ham, pulimiz ham yetadi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish va ko‘p gol ura oladigan hujumchi olish masalasini anchadan beri muhokama qilib kelmoqda.
“Barselona” klubi sport qo‘mitasi a’zosi Joan Soler klubning transfer bozoridagi maqsadlari haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, klub Xulian Alvares yoki Erling Xoland kabi qimmatbaho futbolchilarni sotib olishi mumkin.Bunday transferlar besh yil ichida o‘zini oqlaydi va klub byudjeti bunga tayyor.
Biroq hozirgi vaziyatda “Barselona” maosh tuzilmasi bo‘yicha majburiyatlariga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishi kerak. Klub o‘z limitini belgilagan va uni oshirmaydi. Futbolchilar bozor narxlarida xarid qilinishi va maosh tizimi nazorat qilinishi talab etiladi.
E’tiborli jihati shundaki, kataloniyaliklar orzu qilayotgan Erling Xoland Yevropa klublarida o‘ynayotgan futbolchilar orasida eng katta maosh olayotgan o‘yinchi hisoblanadi. “Manchester Siti” norvegiyalik to‘purarga 2034 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ko‘ra, haftasiga 500 ming funt atrofida maosh to‘lamoqda.
Fikrlar