“Barsa” yulduzi Gvardiolaning orzusini puchga chiqardi

  • 17 may, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarkibini qayta shakllantirishga bel bog‘lagan Xosep Gvardiola klubdan ketadigan Kevin de Bryuyne o‘rnini bosa oladigan pleymeyker qidirmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis nishonida turgan o‘yinchilardan biri “Barselona” yulduzi Dani Olmo hisoblanadi.

Olmoning agenti Endi Bara “Manchester Siti”ning o‘z mijoziga bo‘lgan qiziqishiga munosabat bildirib, Daning yaqin kelajakdagi rejalarini oshkor qildi.

- Biz hech qaysi klub bilan muzokara olib bormaymiz. Dani ayni paytda o‘zini “Barselona”da baxtiyor his qilyapti. Olmo Kataloniyada sovrinlar yuta boshladi va ajoyib jamoaning ajralmas bo‘lagiga aylandi.

Uning atrofida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga yaqin emas. Lekin kelajakda nimalar bo‘lishi mumkinligini hech kim bilmasligini ham nazardan qochirmaslik kerak, - dedi Endi Bara.

O‘tgan yozda “Barselona”ga qo‘shilgan Dani Olmo joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va ettita assist rasmiylashtirdi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!