“Barsa” yulduzi Madrid superklubiga o‘tib ketmoqchi

  • 26.05.2026 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xans-Diter Flik qo‘l ostida ketma-ket ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” klubi hujumchisi Ferran Torres kelasi yozda boshqa ispan klubiga o‘tishi mumkin.

Sport.es saytining xabariga ko‘ra, futbolchiga Madriddning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda.

26 yoshli o‘yinchining bozor qiymati 50 million yevroga baholangan. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Ushbu mavsumda Ispaniya La Ligasida Ferran Torres 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 16 ta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

“Barselona” rahbariyati Ferran Torres bo‘yicha  takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ancha avval ma’lum qilgan edi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!