"Barsa"dan ketayotgan futbolchini to‘rt badavlat klub talashmoqda
“Barselona” sardori Serxio Buskets mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishi rasman e’lon qilindi.
Tajribali yarim himoyachi ishsiz qolmaydigan bo‘ldi. Hozirning o‘zida uni to‘rt klub o‘z safiga chorlayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, AQSh chempionati vakili “Inter Mayami”, shuningdek, arab klublari – “An-Nasr”, “Ash-Shabab” va “Al-Hilol” Busketsga shartnoma berishga tayyor.
Serxio Buskets “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008 yildan beri jamoa asosiy tarkibida o‘ynab kelmoqda.
Tajribali yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar