
“Barsa”ga bu og‘irlik qiladi
“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi o‘z jamoasida “Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Raxim Sterlingni ko‘rmoqchi edi.
Xosep Gvardiola ham asosiy tarkibga kirish uchun kurashda raqobatchilarga imkoniyatni boy berayotgan shogirdining yo‘lini to‘smasligini ma’lum qilgan. Biroq, “Manchester Siti” rahbariyati Sterling uchun belgilagan narx kataloniyaliklarga og‘irlik qiladi.
“Shaharliklar” o‘z vaqtida dunyoning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Rahim Sterlingni 45 million funtga baholamoqda.
Mutaxassislar Sterlingni Kataloniyaga olib kelishning eng ideal varianti uni ma’lum muddatga ijaraga olish, deb hisoblamoqda. Manchesterliklar esa, katta maosh oladigan o‘yinchidan to‘liq qutilmoqchi.
Fikrlar