
“Barsa”ning Xoland transferi bo‘yicha pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi
“Barselona” prezidenti maslahatchisi Enrik Masip “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland transferi bo‘yicha fikr bildirdi.
- Klubning yangi iqtisodiyotia va “Barselona”ning yangi stadioni masalasidan kelib chiqib, har qanday o‘yinchini olishni o‘ylab ko‘rishimiz mumkin.
Erling Xolandning transferini amalga oshirishdan avval, “u haqiqatan klubga kerakmi yoki uning o‘rniga ikkita yaxshi o‘yinchi olgan ma’qulmi?” degan savolga javob topish kerak, - dedi Enrik Masip.
Erling Xoland 2022 yilning yozidan beri “Manchester Siti”da o‘ynab kelmoqda. Keyingi paytda norvegiyalik futbolchi Ispaniya chempionatiga o‘tishga moyillik bildiryapti. Unga “Real” va “Barselona” da’vogarlik qilayotgan edi.
Fikrlar