"Barselona", PSJ va "Chelsi" top-hujumchi uchun kurashishadi
Hujumchi Xulian Al’vares joriy yilda "Atletiko"ni tark etib, boshqa klubga o‘tishi mumkin. The Touchline xabariga ko‘ra, futbolchining atrofidagilar bilan allaqachon "Barselona" aloqaga chiqqan. Kataloniyaliklar Al’varesni sport loyihasining asosiy elementi deb bilishadi.
Bundan tashqari, Al’varesga PSJ va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, "Barselona"ning niyati qat’iy - kataloniyaliklar butun dunyoga klub top yulduzlar uchun kurashda g‘alaba qozonishga qodirligini ko‘rsatmoqchi.
Yakunda ko‘p narsa futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Nufuzli "Transfermarkt" portali 25 yoshli Xulian Al’varesni 100 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar