"Barselona" A Seriya to‘purarini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Barselona" yozda "Inter" hujumchisi Markus Tyuram bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqida " Calciomercato" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi Tyuramni yozda shartnomasi tugaydigan Levandovskiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Lekin "Barselona" hali hujumchi bilan muzokaralarga kirishmagan.
Markusning hozirda transfer bozoridagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli forvard joriy mavsum Italiya klubi safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol kiritdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar