"Barselona" akademiyasi murabbiyi O‘zbekistonga keldi. Rejada "Barselona" yoshlar jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi

  • 6 iyul, 2021, 17:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bolalar-o‘smirlar futboli va hududlardagi futbol akademiyalari faoliyatini jahon standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelinmoqda.

Tecno

Shu maqsadda ayni kunlarda "Barselona" akademiyasida 11 yildan beri murabbiylik qilib kelayotgan va o‘ziga xos futbol metodologiyasini ishlab chiqqan David Sanches poytaxtimizda bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2021-07-06_15-01-45

"JFL-Tashkent Football School" futbol maktabi bilan yaxshi aloqalarga ega bo‘lgan ispaniyalik mutaxassis akademiya murabbiylariga mahorat darslarini o‘tib bermoqda. Hamkorlik doirasida JFL - futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining Ispaniyada tashkil etiladigan futbol akademiyalari o‘rtasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ispaniyada tashkil etiladigan yig‘inlarda "Barselona" yoshlar jamoalari bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazish ham reja qilinmoqda.

Bugun tajribali mutaxassis O‘FA Majlislar zalida respublikamizning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashg‘ulotlarini o‘tib berdi. O‘quv-mashg‘uloti murabbiylar bilan ochiq savol-javob shaklida o‘tkazildi.

David Sanches yosh futbol murabbiylariga o‘zining foydali tavsiyalarini berdi va ularga o‘zi ishlab chiqqan futbol metodologiyasini prezentatsiya shaklida namoyish etdi.

Tadbir yakunida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, muntazam hamkorlikka va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga taklif qildi.

photo_2021-07-06_15-01-42

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!