Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barselona" Anchelotti kashf qilgan futbolchini oladigan bo'ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Karlo oʻyinchi tanlashda adashmaydi

«Atletiko Paranaense» tarkibida to‘p surib kelayotgan yosh himoyachi Artur Dias yaqin vaqtlarda Evropaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida Ispaniya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.

Manbalarga ko‘ra, 19 yoshli futbolchiga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi skautlari bir necha oydan buyon Artur Diasning o‘yinlarini kuzatib kelayotgani aytilmoqda.

Xalqaro o‘yinlarga tanaffus davrida Dias Braziliya milliy jamoasi safida debut qildi. Uning maydondagi harakatlari «selesao» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tomonidan ijobiy baholandi.

Artur Diasning «Atletiko Paranaense» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 31 dekabrigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh himoyachining transfer qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q