“Барселона” Англия терма жамоаси юлдузи билан келишувга эришди
"Barselona" "Nyukasl" qanot hujumchisi Entoni Gordon bilan shartnoma imzoladi.
Insayder Fabrizio Romanoning aytishicha, 25 yoshli ingliz bilan shaxsiy kelishuv shartlari to‘liq kelishilgan. "Barselona" allaqachon "Nyukasl" bilan shartnoma tuzish bo‘yicha rasmiy muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, Kataloniya klubi "Bavariya" va hali ham Gordonni qo‘lga kiritishga urinayotgan bir qator APL klublarini ortda qoldirish uchun transferni imkon qadar tezroq yakunlamoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, 2025/2026 yildgi mavsumda Gordon jami 46 ta uchrashuvda 17 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Fikrlar