"Barselona" "Ayaks" bilan futbolchi almashtirmoqchi

  • 16.09.2020 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Ayaks" himoyachisi Serjino Dest faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Gollandiya grandi bilan o‘zaro futbolchi almashtirishni rejalashtirmoqda. Aniqrog‘i, “Barsa” Dest evaziga "Ayaks"ga portugaliyalik himoyachi Nelson Semeduni bermoqchi. Boisi, Semedu jamoaning yangi ustozi Ronald Kumanning rejalariga kirmaydi.

19 yoshli amerikalik Destning transferi esa 18 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!