
"Barselona" bir mavsumda "Real" darvozasiga eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi!
Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasining 35-turida Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" Karlo Anchelottining "Real Madrid"i bilan kuch sinashib, 4:3 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Kataloniya klubi joriy mavsumda "Real"ga qarshi 4 ta o‘yinda jami 16 ta gol urdi. Bu — "Opta" ma’lumotlariga ko‘ra, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Ilgari bu boradagi rekord 13 tadan gol bilan "Barselona" (2011/12 mavsum) va "Espanol"ga (1929/30 mavsum) tegishli edi.
Shu tariqa, "Barselona" "qirollik klubi"ga qarshi bir mavsumda tarixiy natija qayd etdi.
Fikrlar