“Barselona” bu futbolchi uchun Dembeledan voz kechmoqchi

  • 08.07.2022 15:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Lids" futbolchisi Rafinya Diasni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Buning uchun Usmon Dembeledan voz kechishga tayyor.

Avvalroq, Kataloniya klubi rahbariyati ikkala futbolchi bilan ham shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi. Ammo “Mundo Deportivo” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hozir vaziyat o‘zgargan va “ko‘k-anorranglilar” faqatgina bitta futbolchi bilan shartnoma imzolay olishi mumkin.

Xavi bor e’tiborni "Lids" vingeriga qaratgan bo‘lib, o‘tgan oy oxirida erkin agentga aylangan Dembele va uning agenti bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Biroq, "Lids" rahbariyati Diasning kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.

Rafinya o‘tgan mavsumda Premer-ligada 35 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 11 gol urdi va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!