
“Barselona” Depay o‘rniga “Atletiko” vingerini istamoqda
“Barselona” futbolchisi Memfis Depay qishda klubni tark etishi mumkin. Unga “Atletiko” qiziqmoqda.
Ikki klub o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Kataloniya jamoasi niderlandiyalik futbolchini Yannik-Ferreyra Karraskoga almashtirmoqchi. Bu haqda “ Diario Sport” nashri xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, Madrid klubiga ushbu taklif yoqmagan va 29 yoshli vingerni tarkibda qolishini istaydi.
Fikrlar