"Barselona" Ferran Torresni sotish sharti ma'lum bo'ldi

  • 26.07.2026 12:24
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» hujumchi Ferran Torresga ishonch bildirayotgani va sentabr oyida u bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda. Bu haqida Mundo Deportivo nashri ma’lumot berdi. Kataloniya klubi bunga qadar «Manchester Siti»ga 8 million yevro to‘lashi kerak bo‘lsa-da, futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari «PSJ»ning 2026 yildagi jahon chempioniga qiziqishi haqida yozgan, shuningdek, hujumchi «Barselona»ni tark etishga tayyor ekani ta’kidlangan edi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» Torresni faqat bitta holatda — futbolchining o‘zi ketishni so‘rasa, sotishga rozi bo‘ladi. Sine-anorranglilar 26 yoshli hujumchi bilan shartnomani yozgi transfer oynasi yopilgandan so‘ng uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu qaror moliyaviy halol raqobat qoidalariga rioya qilish maqsadida qabul qilingan.

Ferran Torres o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

«Barselona» — nega shunchaki klub emas?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!