"Barselona" futbolchisini Germaniyada olib qolishmoqchi

  • 26.03.2020 19:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gelzenkirxenning "Shalke" klubi "Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todibo bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis klubi 20 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olmoqchi, ammo uning uchun belgilangan 25 mln evro “Shalke”ga qimmatlik qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Shalke” Todiboni joriy qishki transferlar davrida 1,5 mln evro evaziga yarim yilga ijaraga olgan edi. U hozircha 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!