"Barselona" futbolchisini La Liga klubiga sotdi
Mavsumni “Xetafe” klubi safida o‘tkazayotgan himoyachi Mark Kukurelya endi ushbu jamoaning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
Marca nashrining yozishicha “Xetafe” 21 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini “Barselona”dan 6 million evro evaziga sotib olgan.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar futbolchining keyingi transferidan keladigan mablag‘ning 40 foiziga ham egalik qilishlari belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kukurelya uchun «Arsenal», «Tottenxem» va «Bayer» kabi jamoalar ham kurash olib borishgan edi. Ular futbolchining transferi uchun kataloniyaliklarga 25 mln evro taklif qilishgan.
Kukurelya joriy mavsum La Ligada jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 5 ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar