
"Barselona" himoyachisiga APLdan taklif keldi
"Barselona" himoyachisi Markos Alonso ushbu yozda klubni tark etishi mumkin. Kataloniyaliklar futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Unga Angliyadan taklif tushdi.
Insayder Ekrem Konur xabar berishicha, Alonsoga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Klub o‘ziga yangi chap qanot himoyachisi qidirmoqda. Sababi, Lyuka Din birmingemliklarni tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Markos o‘tgan yili erkin agent sifatida "Barsa" safiga kelib qo‘shilgan.
Fikrlar