"Barselona" jahon chempionatini "yondirgan" futbolchini olib kelmoqchi

  • 31 yanvar, 2023, 06:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat xizmatiga qiziqish bildirmoqda. 

Tecno

Jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, kataloniyaliklar Marokash terma jamoasi a’zosini yarim yilga ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shartnomada futbolchini to‘liq sotib olish bandi bo‘lmaydi. 

26 yoshli futbolchi joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yinda maydonga tushgan. Amrabat Marokash termasi bilan JCh-2022da ajoyib ishtirok etib, ko‘plab grand klublar radariga tushgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!