
"Barselona" joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
"Barselona" joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Kataloniyaliklar La Liga 11-turidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi bellashuvda raqibga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bu Xavi boshchiligidagi jamoaning joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyati hisoblanadi. Shu paytgacha ular 10 ta g‘alaba va 3 ta durang natija qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Barsa" keyingi uchrashuvini 4 noyabr kuni "Real Sosedad"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar