Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barselona" La Ligada gol urish seriyasini 39 ta o‘yinga yetkazdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Bu eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi

"Barselona" Ispaniya chempionatida ketma-ket gol urish bo‘yicha o‘z seriyasini 39 ta o‘yingacha uzaytirdi.

Bugun La Liganing 18-turi doirasida kataloniyaliklar "Espanyol" darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi — 2:0.

"Blaugrana" futbolchilari so‘nggi marta bir yildan ortiq vaqt avval, 2024 yil 15 dekabr kuni "Leganes"ga qarshi o‘yinda gol ura olmagan edi — 0:1.

Robert Lewandowski of FC Barcelona celebrates the 0-2 during the La Liga EA Sports match between RCD Espanyol and FC Barcelona played at RCDE Stadium...

Shundan beri "Barselona" chempionatdagi 39 ta o‘yinning barchasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu ko‘rsatkich Yevropa top-ligalari orasida eng yaxshisi hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida kataloniyaliklar jami 105 ta gol urdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q