Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Barselona» «Liverpul» himoyachisini tekin ga qo‘lga kiritmoqchi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Kataloniya klubi navbatdagi transfer maqsadini belgilab oldi.

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk «Barselona»ga o‘tishi mumkin. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Kataloniyaliklar niderlandiyalik futbolchini jamoaning ikkinchi markaziy himoyachisi sifatida tanlagan. Rejaga ko‘ra, van Deyk Pau Kubarsi bilan bir juftlikda o‘ynaydi. «Barselona» futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda, chunki uning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» La Liganing dastlabki to‘qqizta uchrashuvida ham g‘alaba qozongan. Kataloniya jamoasi 27 ochko bilan turnir jadvalidа birinchi o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q